O‘zbekiston | 10:00 / 06.02.2023
13821
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh O‘zbekistonda Amerikaga viza uchun arizalarning 47 foizini rad etdi

2022 yilda O‘zbekistonga Amerika turistik va ishbilarmonlik vizasi bo‘yicha rad javobi berish ko‘rsatkichi 47 foizni tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan yomonroq, lekin o‘tgan yillarga qaraganda yaxshiroq.

Foto: Getty Images

2022 yilda AQShning Toshkentdagi elchixonasi o‘ziga murojaat qilgan O‘zbekiston fuqarolarining 47,04 foiziga B toifali vizalar (sayyohlik va ishbilarmonlik vizalari) berishni rad etgan. Bu haqda AQSh Davlat departamenti hisobotida aytiladi, deb yozmoqda Gazeta.uz.

Bu ariza bergan o‘zbekistonliklarning 45,98 foiziga viza berilmagan 2021 yildagidan yomonroq, ammo pandemiya kuzatilgan 2020 (74,14 foiz) va undan avvalgi yillardan yaxshiroq. Xususan, 2019 yilda 68,06 foiz, 2018 yilda 61,76 foiz, 2017 yilda yaxshiroq 50,29 foiz o‘zbekistonlik arizachi rad javobini olgan.

O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlarida O‘zbekiston viza rad etilishi bo‘yicha Tojikistondan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi, u yerda 57,03 foiz hollarda ruxsatnoma berilmagan. Qirg‘izistonda rad etishlar ulushi 37,85 foizni, Qozog‘istonda 44,02 foizni, Turkmanistonda 35,69 foizni tashkil etdi.

MDHning boshqa mamlakatlarida vizalar asosan ijobiy javob bilan beriladi: Ozarboyjon - 23,54 foiz, Belarus - 26,05 foiz, Rossiya - 26,18 foiz, Armaniston - 37,87 foiz, Ukraina - 41,27 foiz (o‘tgan yili 15,15 foiz edi).

AQShning Toshkentdagi sobiq elchisi Deniyel Rozenblyum 2019 yilda o‘zbekistonliklar ko‘pincha o‘zining viza muddatini kechiktirib yuborishini ta’kidlagan edi.

«Shuning uchun biz har bir insonni batafsil o‘rganishimiz va u viza muddatini kechiktirib yubormasligiga, mamlakatda noqonuniy muhojir bo‘lib qolmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak», deb ta’kidlagan diplomat.

O‘tgan yil davomida AQShning Toshkentdagi elchixonasining Konsullik bo‘limi dunyo bo‘ylab Diversity Visa (Grin karta) dasturi doirasida turli millatga mansub immigrantlar uchun tasdiqlangan vizalar soni bo‘yicha (5 511 ta) beshinchi o‘rinni egallagan edi. Birinchi o‘rinda Misr (5 529) va Jazoir (5 526) qayd etilgan.

Mavzuga oid