Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Rossiyada o‘ldirilgan o‘zbekistonlik migrant haqida rasmiy ma'lumot berdi
Foto: Videodan kadr
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi Leningrad viloyati tergov organlarining rasmiy ma'lumoti asosida 2019 yil 28 iyun kuni Vsevolojsk tumani Leskolovo qishlog‘ida janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi X.R. o‘ldirilganini tasdiqladi.
Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan 29 iyun kuni mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi - peterburglik 15 yoshli maktab o‘quvchisi qo‘lga olingan.
Bosh konsulxona tomonidan vaziyat nazoratga olingan hamda tergov organlari bilan aloqa o‘rnatilgan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan hamda eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
20:30 / 04.02.2026
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
08:53 / 04.02.2026
Sankt-Peterburgdagi bayramga iqtidorli o‘quvchilar qolib, amaldorlarning farzandlari bordi
21:28 / 22.12.2025