Jamiyat | 14:58 / 01.07.2019
38253
2 daqiqa o‘qiladi

Peterburg yaqinidagi do‘konda o‘zbekistonlik migrant pichoqlandi

Foto: Videodan kadr

Sankt-Peterburgda keksa yoshdagi migrantga yosh yigitning pichoq bilan tajovuz qilgani videoga tushib qoldi.

28 iyun kuni kechqurun yosh yigit Leningrad oblastining Leskolovo qishlog‘idagi oziq-ovqat do‘konida o‘zbekistonlik erkakka pichoq bilan hujum qildi, deya xabar beradi 47news.

Ma'lum bo‘lishicha, erkaklar o‘rtasidagi ziddiyat ko‘chada boshlangan, keksa yoshli migrant mopedda ketayotgan yigitni koyigan. Yosh yigit bundan darg‘azab bo‘lib, migrantning ortidan do‘konga kirgan va unga hujum qilgan.

Mushtlashuv davomida hujum qilgan shaxs pichoq chiqargan hamda keksa yoshli o‘zbekistonlikka uch marta zarba bergan. Kadrlarda mojarodan so‘ng do‘konda qon izlari ko‘pligini ko‘rish mumkin.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, ammo u vafot etdi.

Hujum qilgan shaxs skuterda kameralar obektiviga tushib qoldi. U politsiya tomonidan qidirilmoqda.

Tergov qo‘mitasining Leningrad oblasti bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan «Qotillik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Gumonlanuvchining shaxsi aniqlangan.

Mavzuga oid