Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Janubiy Koreya bilan chegarada o‘nta qo‘riqlash punktini portlatib yubordi
Shimoliy Koreya hukumati mintaqadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha Koreyalararo bitim doirasida Janubiy Koreya bilan chegaradagi qurolsizlantirilgan hududda o‘nta qo‘riqlash punktini yo‘q qilib tashladi. Bu haqda «Ryonxap» Janubiy Koreya mudofaa mahkamasiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, KXDR Janubiy Koreyani xabardor qilganidan so‘ng, qo‘riqlash punktlarini portlatib yuborgan.
Shuningdek, xabar qilinishicha, tomonlar «tarixiy qadriyat»ga ega bo‘lgan bittadan qo‘riqlash postini saqlab qolish to‘g‘risida kelishib oldilar.
Janubiy Koreya harbiylari o‘z tomonidan o‘nta qo‘riqlash punktini portlatishga va'da qildi. Kutilishicha, ular buni keyinroq qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Seuldan sovg‘a sifatida olingan 200 tonna mandarinni aholiga tarqatish haqida buyurgandi.
Mavzuga oid
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025