Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etiladi
Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining Samarqand shahrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
hududda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarni hisobga olgan holda Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatib, “Raqamli iqtisodiyot”, “Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti”, “Agrobiznes va marketing”, “Buxgalteriya hisobi va audit” shuningdek, viloyatda ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha nazariy-amaliy ko‘nikmalarni egallagan malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlash;
filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun ta'lim olish imkoniyatini kengaytirish va ilg‘or xalqaro tajribalarni tatbiq etish;
o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ta'lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish, qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish;
pedagog kadrlarni ilmiy salohiyati, kasbiy va malakaviy bilim darajasini uzluksiz rivojlantirib borish mexanizmlarini joriy etish, ularning pedagogik mahoratlarini rivojlantirishda xorijiy oliy ta'lim muassasalarining ilg‘or tajribalaridan keng foydalanish;
xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;
respublika va xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarda istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturada o‘qitish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
vebinar ta'lim usullarini joriy etish va rivojlantirish;
masofaviy ta'lim elementlarini o‘quv jarayoniga joriy etish.
Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
davlat budjeti mablag‘lari;
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro grantlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mavzuga oid
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
14:25 / 01.01.2026
2025 yilgi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
19:31 / 30.12.2025