Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 mln so‘mdan beriladi
Prezident mas’ul idoralarga ushbu baxtsiz hodisa sabablarini tez fursatlarda aniqlab, qonun ustuvorligini ta’minlashni topshirdi.
Foto: Kun.uz
Guliston shahri Taraqqiyot mahallasidagi buyum bozori hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz ballon portlashi oqibatida halok bo‘lganlarning oilasiga 100 mln so‘mdan beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qildi.
Prezident ularning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi. Uch kun muddatda qurbon bo‘lganlarning oilasiga 100 million so‘mdan moddiy yordam ajratish topshirildi.
Topshiriqqa ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori boshchiligida 10 nafar malakali shifokorlar brigadasi jabr ko‘rganlarga bepul sifatli tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatmoqda.
Mas’ul idoralarga ushbu baxtsiz hodisa sabablarini tez fursatlarda aniqlab, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.
Umuman, ushbu fojia favqulodda vaziyatlar tizimi uchun katta saboq bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Qish oylarida bunday hodisalarning oldini olish bo‘yicha barcha mas’ullar 24 soatlik ish rejimiga o‘tishi zarurligi aytildi.
Avvalroq, Gulistondagi portlash oqibatida 29 kishi jarohatlanib, shundan 26 nafari shifoxonaga yotqizilgani, uch nafari vafot etgani, bir nafari o‘ta og‘ir ahvolda, yana besh kishi jonlantirish bo‘limida qolayotgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
13:57
Agrar to‘lovlar agentligi tuzildi: fermerlar uchun subsidiya olish tartibi soddalashadi
13:02
Yosh agronomlar 2 ming dollar maosh va kafolatlangan ish bilan ta’minlanadi
12:58
Mirzacho‘lda cho‘l sharoitida paxtachilik bo‘yicha innovatsion maktab tashkil etiladi
12:54