Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uychidagi sex hovlisi hayvon qoldiqlariga to‘lgan – badbo‘y hiddan aholi aziyat chekmoqda
Namangan viloyati Uychi tumani Mevazor qishlog‘ida yashovchilar bir necha yildirki parrandalarga ozuqa tayyorlovchi sexdan chiqadigan badbo‘y hiddan aziyat chekadi.
Aholi vakillarining aytishicha, sex faoliyatida sanitariya qoidalariga amal qilinmayapti. Kushxonalardan olib kelingan hayvon qoldiqlari, ichak-chavoqlari sexning hovlisiga, ochiq maydonlarga to‘kib tashlangan.
“Hayvon qonlari shunday ochiq yerlarda oqib yotaveradi. Mollarning kalla suyaklari qurtlab, joylarni kalamushlar bosib yotibdi. Uning badbo‘y hidi kechasi bilan qishlog‘imizni zaharlab chiqmoqda”, – deydi hududda yashovchilardan biri.
Holatga mas’ul tashkilotlar munosabat bildirishi, zarur choralar ko‘rishi lozim.
Mavzuga oid
13:34 / 26.11.2025
Namanganda Onix urib ketishi oqibatida yana bir YPX xodimi halok bo‘ldi
17:41 / 20.10.2025
To‘yda yurgan pedofillar yoxud “uchdan keyin puch” bo‘ladimi?
12:15 / 17.10.2025
Namanganda 38 yoshli pedofil 7 yoshli qizchani zo‘rladi
14:58 / 26.09.2025