Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston O‘zbekistonga dekabr-mart oylarida 13,2 mln. dollarlik elektr energiyasi yetkazib beradi
Qirg‘iziston elektr energiyasini dekabr-mart oylarida eksport qilish bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnoma imzoladi, deya xabar berdi Qirg‘izistonning «Milliy Energiya Xolding Kompaniyasi» OAJ boshqaruv kengashi raisi Oybek Kaliyev Bishkekda 2017 yil 17 oktabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston 550 million kilovatt-soat hajmidagi elektr energiyasini eksport qilmoqchi.
Elektr energiyasining eksport narxi 1 kVt soatga 2,4 sentni tashkil etadi.
Shunday qilib, yetkazib berish qiymati 13 million 200 ming dollarga baholanmoqda.
Avvalroq, Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr energiyasini 1 kVt soat uchun 2 sentdan yetkazib berishni boshlagani ma'lum qilingandi. Kelishuv hajmi 25 million dollarga teng 1,25 milliard kVt / soatdir.
Joriy shartnoma Qirg‘iziston uchun bu yil O‘zbekiston bilan imzolangan ikkinchisidir.
Mavzuga oid
16:44 / 28.01.2026
Chiqindidan qarzi bor 152 ming abonentning elektr to‘loviga cheklov qo‘yildi
09:13 / 28.01.2026
Qirg‘iziston Rossiya ustidan YeOII sudiga da’vo arizasi kiritdi
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026