Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari deyarli bartaraf etildi
Foto: AP
AQShning Kaliforniya shtatida 3 haftadan beri davom etayotgan hamda shtatning zamonaviy tarixida eng vayronkori deb tan olingan o‘rmon yong‘inlari 95 foizga bartaraf etildi. Bu haqda Kaliforniyaning o‘rmon xo‘jaligi va o‘t o‘chirish xizmati boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali ma'lum qildi.
8 noyabrda Byutt okrugida boshlangan yong‘in 620 kvadrat kilometrdan ko‘proq hududni qamrab olgan va 14 mingga yaqin uyning kulini ko‘kka sovurgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, “Camp Fire” (Gulxan) nomini olgan ushbu yong‘inda 87 kishi halok bo‘lgan, 1475 kishi bedarak yo‘qolgan.
“Yong‘inning bartaraf etilmagan qismi qoyali joyda bo‘lib, o‘t o‘chiruvchilar kuchli yomg‘irlar sababli u yerga yetib bora olmayaptilar”, deyilgan xabarda.
Kaliforniya shimoliga kelgan yomg‘irlar yong‘inni o‘chirishni yengillashtirdi. Biroq shu bilan birga yog‘ingarchilik halok bo‘lganlar jasadlarini qidirishni murakkablashtirishi mumkin, chunki suv oqimlari jasadlarni oqizib ketishi yoki kul bilan qorishtirib yuborishi mumkin.
Yong‘in munosabati bilan Kalifornyaniing bir qator okruglarida favqulodda vaziyat tartibi amal qilmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp vaziyatni joyida baholash hamda jabrlanganlar va mahalliy rahbariyat vakillari bilan uchrashgani o‘tgan hafta Kaliforniyaga kelgan.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026