Navoiyda 55 mingdan ortiq xonadonning huquqiy hujjati yo‘qligi aniqlandi
Viloyatda 2022 yilning 9 oyi davomida 336 ta holatda 25,7 gektar yer maydonlari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingani kuzatilgan.
Bu haqda davlat kadastrlari palatasi va Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, 211 ta holatda o‘zboshimchalik bilan egallangan 8,2 gektar yer maydonida aniqlangan noqonuniy qurilishlar Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tuman-shahar bo‘limlari inspektorlari tomonidan bartaraf qilinib, yer maydonlari o‘z holatiga qaytarilgan. O‘zboshimchalik bilan egallangan 14,8 gektar yer maydonlarida noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish bo‘yicha sudlarga 81 ta da’vo arizasi kiritilgan. 9 oy davomida davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonun hujjatlarini buzgan 2 344 nafar yuridik va jismoniy shaxsga nisbatan 3,9 mlrd so‘mdan ortiq ma’muriy jarimalar qo‘llangan.
Matbuot anjumanida bildirilishicha, 2022 yil 9 oyi davomida viloyatda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan jami 20 475 ta turar va noturar joy obektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shuningdek, viloyat bo‘yicha xatlov o‘tkazilib, 55 mingdan ortiq xonadonning huquqiy hujjati yo‘qligi aniqlangan hamda ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, taklif uchun davlat kadastrlari palatasiga jo‘natilgan.
Mavzuga oid
16:07 / 03.12.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024