Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havoni ifloslaydigan korxonalarga muhlat berildi: ular monitoring stansiyasini o‘rnatishi shart
O‘zbekistondagi sement zavodlari, neft, gaz, kimyo majmualari, elektr stansiyalar va teri-ko‘nchilik fabrikalari kabi atrof-muhit uchun xavfli korxonalarga 2026 yil 1 martgacha muhlat berildi: ular havo sifatini o‘lchab turuvchi fon monitoring stansiyalarini o‘rnatishi va Ekologiya qo‘mitasi bazasiga integratsiya qilishi shart. Aks holda, tabiatga zarar yetkazganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari 5 baravarga oshiriladi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I va II toifaga mansub sanoat korxonalari 2026 yil 1 martga qadar o‘z hududlarida fon monitoring stansiyalarini o‘rnatishi va ularni Ekologik monitoring milliy markaziga integratsiya qilishi kerak.
Bu topshiriq – Ekologiya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha prezident qarorida belgilandi.
Qarorga asosan, yuqoridagi topshiriqni o‘z vaqtida bajarmagan korxonalarga nisbatan kompensatsiya to‘lovlari 5 baravarga oshiriladi.
Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha I toifa (yuqori darajada xavfli) va II toifa (o‘rtacha darajada xavfli)ga mansub sanoat korxonalari qatoriga, jumladan, sement zavodlari, kimyo komplekslari, elektr stansiyalari, metallurgiya, mashinasozlik, asbest, neft-gaz, kon-boyitish va teri-ko‘nchilik korxonalari kiradi.
Qaror bilan, shuningdek, tabiatga zarar yetkazganlik uchun kompensatsiya to‘lovlaridan imtiyoz olgan sub’yektlarning barchasi bu imtiyozidan mahrum qilindi.
Bundan tashqari, 2026 yil 1 sentabrga qadar yagona ekologik onlayn platforma faoliyati yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
18:36 / 03.12.2025
“Ekologik” reydlar: Andijonda somsa yopiladigan tandirlar buzib tashlandi
21:34 / 30.11.2025
Farg‘onada havo ifloslanishi rekord darajani tashkil etdi
09:00 / 30.11.2025