Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy bo‘ladi
Hukumat qaroriga ko‘ra, “A” va “B” toifadagi haydovchilikka nomzodlar majburiy o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil o‘zlashtirishiga ruxsat berilmoqda. Ya’ni bu toifalar uchun avtomaktabda o‘qiganda, nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy bo‘ladi. Bu tartib 2026 yil 1 fevraldan amal qila boshlaydi. Shuningdek, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslarni qayta imtihon qilishning alohida tartibi ishlab chiqiladigan bo‘ldi.
Foto: Kun.uz
“Transport vositalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan boshlab “A” va “B” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun talabgorlar haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha majburiy o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil o‘zlashtirishi mumkin bo‘ladi.
Bunda, talabgorlar:
- o‘z ixtiyoriga ko‘ra nazariy bilimlarni olish uchun o‘quv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) o‘qiydi yoxud mustaqil tayyorlanadi;
- majburiy o‘quv dasturida belgilangan amaliy mashg‘ulotlarni avtomaktablarda to‘liq bajaradi;
- amaliy mashg‘ulotlarda to‘liq qatnashgandan so‘ng, haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi;
- amaliy mashg‘ulotlardan o‘tgani haqidagi ma’lumotnoma elektron tarzda shakllantiriladi.
Shuningdek, 2026 yil 1 fevraldan e’tiboran, “A” va “V” toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ro‘yxatga olish tartibi bekor qilinadi.
3 oy muddat ichida yo‘l harakati qoidalari, transportni boshqarish xavfsizligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘maklashuvchi elektron o‘quv materiallari ishlab chiqilishi lozim. Bu materiallar barcha uchun ochiq bo‘ladi.
Qarorga asosan, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslarning transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun o‘qitish va imtihonlarni topshirish bo‘yicha alohida tartib joriy etilishi ham belgilandi. IIV bu tartibni 2 oy ichida ishlab chiqib, hukumatga kiritishi kerak.
Ushbu qaror bilan, shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran moped va skuter haydash uchun “A1” toifadagi haydovchilik guvohnomasi ham joriy etilmoqda. Bu guvohnomani olish uchun avtomaktabda o‘qish shart bo‘lmaydi.
- Eslatib o‘tamiz, haydovchilik guvohnomasining “A” toifasi mototsikllarni boshqarish uchun, “B” toifasi esa yengil avtomobillar (ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yoki haydovchi o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlari soni 8 tadan ko‘p bo‘lmagan transportlar)ni boshqarish uchun beriladi.
Mavzuga oid
12:56 / 01.12.2025
Bektemir–Chorbog‘ yo‘lidagi janjal: yuk mashinasi haydovchisiga otvyortka bilan tahdid qilindi
21:36 / 25.11.2025
“Retsidivist” haydovchining bir yil ichidagi 45-qoidabuzarligi 5 kishining o‘limi bilan tugadi
14:30 / 25.11.2025
Avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
12:51 / 21.11.2025