Jahon | 07:30 / 28.08.2025
4332
2 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Rossiya neftni qayta ishlash quvvatining 17 foizini yo‘qotdi

Rossiya Ukraina qurolli kuchlarining hujumlari tufayli neftni qayta ishlash quvvatining kamida 17 foizini yo‘qotdi, deya xabar bermoqda Reuters. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, gap kuniga 1,1 million barrel ishlab chiqarish haqida ketmoqda.

Foto: Reuters

Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Rossiyaning 10 ta neftni qayta ishlash zavodiga uyushtirilgan hujumlar tufayli Moskva neftni qayta ishlash quvvatining kamida 17 foizini yo‘qotdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, gap kuniga 1,1 million barrel haqida ketmoqda. Zarbalar nafaqat obektlarning ishini to‘xtatdi, balki Rossiya Federatsiyasining bir qator mintaqalarida benzin taqchilligiga olib keldi.

Novokuybishev, Saratov, Samara, Volgograd va Sizran zavodlari ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatdi. Afipsk, Slavyansk va Novoshaxtinsk ishlab chiqarish korxonalariga ham hujum qilindi. Ust-Lugadagi gaz kondensatini mazut va kerosinga aylantiruvchi zavod faoliyati to‘xtadi. Ryazan neftni qayta ishlash zavodi quvvatining yarmini qisqartirdi.

Zarar ko‘rgan zavodlar o‘z quvvatlarining faqat bir qismini yo‘qotdi, ammo bu Rossiyada yonilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblaydi Berlindagi Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari Karnegi markazining katta ilmiy xodimi, ilgari Rossiyaning «Gazprom neft» neft kompaniyasida ishlagan Sergey Vakulenko.

Mavzuga oid