Jamiyat | 02:36 / 23.02.2026
36077
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik erkak 7-qavatdan tushib ketgan bolaning hayotini saqlab qoldi

Ochiq deraza tokchasida o‘tirib planshet o‘ynayotgan bola sirpanib ketgan, lekin karnizga osilib qolgan. Pastda hovli tozalayotgan farrosh erkak buni ko‘rib qolib darhol yordamga shoshilgan. Bola karnizda biroz osilib turgach, pastga qulagan. Erkak uni havoda tutib olgan.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida hovli supuruvchi ko‘pqavatli uyning 7-qavatidan tushib ketgan bolani havoda tutib, uning hayotini saqlab qoldi.

Xabar qilinishicha, ochiq deraza tokchasida o‘tirib planshet o‘ynayotgan bola sirpanib ketgan, lekin karnizga osilib qolgan. Pastda hovli tozalayotgan farrosh erkak buni ko‘rib qolib darhol yordamga shoshilgan. Bola karnizda biroz osilib turgach, pastga qulagan. Erkak uni havoda tutib olgan.

Bolaning onasi bu vaqtda oshxonada bo‘lgan. Onaning aytishicha, o‘g‘li autizm kasalligiga chalingan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, bola shifoxonaga yotqizilgan. Uning oyog‘i va ichki organlari shikastlangan. Bola hayotini saqlab qolgan farroshning esa qo‘llari va qovurg‘asi singan.

Xabarda aytilishicha, erkak o‘zbekistonlik bo‘lib, 36 yoshda. U Sankt-Peterburgdagi ko‘pqavatli uylardan biriga mas’ul pudratchi tashkilotda ishlaydi.  

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid