O‘zbekiston | 13:11 / 05.11.2020
12891
2 daqiqa o‘qiladi

Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi uchun 241ta xonadon buzilishga tushgan

Toshkent shahar Olmazor tumani hududida Islom sivilizatsiyasi markazi qad rostlamoqda.

Foto: Olmazor tuman hokimligi

Tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda markazda qurilish ishlari keng ko‘lamda davom ettirilmoqda. Mahalliy aholi Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasida joylashgan “Yashil bog‘” deb nom olgan turar joy majmuasida yangi qurib foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli uylarga ko‘chib o‘tmoqda

Hokimlik xabarida aytilishicha, “Islom sivilizatsiyasi markazi” qurilishi uchun jami 241ta xonadon buzilishga tushgan bo‘lib, hozirga kelib ularning 237tasi buzib bo‘lingan. 

Ta'kidlanishicha, Olmazor tumani hokimligi qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya xulosasiga asosan ushbu xonadonlar egalariga uy-joylar ajratilgan.  

“Hozirgi kunda qolgan 5 ta xonadon egalariga esa uy-joylarni ajratish ishlar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda ularning uylarida ham buzilish ishlari olib boriladi. Bu jarayon 10 noyabrga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan”, – deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid