Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rektorlarni davlat attestatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirish kiritildi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'lim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risida” 2000 yil 16 avgustdagi 325-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilindi:
“4. Attestatsiya jarayonini adolatli va xolisona o‘tkazish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan birgalikda har yili avgust oyida oliy ta'lim muassasalari reytingi haqidagi ma'lumotni Respublika komissiyasiga taqdim etsin.”.
Amaldagi tahrir quyidagicha edi: “Attestatsiya jarayonini adolatli va xolisona o‘tkazish uchun Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta'lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi bilan birgalikda har yilning avgust oyida oliy ta'lim muassasalari reytingi haqidagi ma'lumotni Respublika komissiyasiga taqdim etsin.”.
Mavzuga oid
10:48 / 12.02.2026
Samarqanddagi Cho‘ponota tepaligi Milliy koordinatalar tizimining nol nuqtasi bo‘ldi
09:40 / 28.01.2026
Biznes-ombudsman: mahalliy hokimiyatning 220 ta noqonuniy qarori bekor qilindi
11:08 / 24.01.2026
Axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
14:39 / 05.01.2026