Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxt IIBB Otabek Bakirov ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning arizasiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari xulosasiga ko‘ra, jamoatchilik faoli Otabek Bakirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
"Lolazor" podkastidan kadrlar
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi fuqaro Otabek Bakirovning ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Jamoatchilik faoliga nisbatan O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ariza bergan, vazir uni haqorat va obro‘sizlantirishda ayblagan edi.
Bakirovning ma’lum qilishicha, IIBB qaroriga, xususan, AOKAning vazir bergan arizada ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi va shikoyatga sabab bo‘lgan post yozilganiga 1,5 yildan ko‘p vaqt o‘tgani asos qilib ko‘rsatilgan.
“Ichki ishlar organlariga mazkur ish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv va harakatlar uchun fuqaroviy tashakkur bildiraman”, – deya qayd etdi Otabek Bakirov.
Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi rahbarining shikoyatiga Bakirovning 2023 yil yozida o‘z kanalida e’lon qilgan posti sabab bo‘lgan. Postda Toshken shahri Sag‘bon podstansiyasidagi seriyali avariyalar va ta’mirlash ishlari haqida so‘z boradi.
Otabek Bakirov bu arizani “ahvoli tobora og‘irlashayotgan energetikadagi muammolarni yechish o‘rniga, tanqidni to‘xtatishga, yopiqlik muhitini yaratishga va kuchaytirishga urinish” deb baholagan edi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026