Jamiyat | 12:59 / 06.12.2016
7809
1 daqiqa o‘qiladi

Ferrari yagona nusxadagi o‘ta noyob superkar yaratdi

Foto: Motor.ru

Ferrari kompaniyasi SP275 RW Competizione nomi ostidagi noyob superkarni taqdim etdi. U amerikalik mijozning buyurtmasiga ko‘ra atigi bir nusxada qurilgan. Avtomobil haqidagi ilk ma'lumot FerrariChat sayti va «Feysbuk»da paydo bo‘ldi.

Avtomobil dizayni millioner Preston Xenning Ferrari 275 GTB/C klassik kupesiga o‘xshab ketadi. U eng qimmat mashina markalaridan biri bo‘lib, ochiq savdolarda 100 million dollar atrofida baholanishi mumkin.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, yangilik F12berlinetta superkari asosida yaratilgan. 

Ushbu mashina soatiga yuz kilometr tezlikka 2,9 soniyada yetishi mumkin. maksimal tezlik esa – soatiga 340 kilometrni tashkil qiladi.

Avtomobilning qiymati noma'lum. Odatiy Ferrari F12tdf esa 310,1 ming yevrodan boshlanadi. 

Mavzuga oid