Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaliklar antiqa eshikli uch o‘rindiqli elektrokrossover yaratishdi
Foto: motor.ru
Yaponiyaning kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Asahi Kasei kompaniyasi AKXY nomli uch o‘rindiqli elektrokrossoverning prototipini taqdim qildi. Avtomobilning ilk ommaviy namoyishi 24 mayda ochiladigan Yokogamadagi ko‘rgazmada va iyun oxirida Nagoyada bo‘lib o‘tadi.
Kontsept-kar Asahi Kasei va GLM yapon firmasi bilan hamkorlikda yaratildi.
Avtomobil birinchi navbatda Asahi Kasei’ning avtomobilsozlikdagi ishlanmalarini namoyish qilishga qaratilgan. Misol uchun, gap salonni bezashdagi ekologik materiallar va kuzov panellari uchun maxsus plastik haqida ketmoqda.
AKXY krossoverining gabarit uzunligi 4685 mm ni, eni 1813 mm ni, balandligi esa 1562 mm ni tashkil qiladi. Haydovchi o‘rindig‘i o‘rtada, uning ikki tomonidan yo‘lovchilar o‘rindiqlari joylashgan. Mashina "chayka qanoti" ko‘rinishidagi eshiklar oldi.
CarWatch yapon nashrining yozishicha, prototip GLM Tommykaira ZZ elektrokari negizida qurilgan. Bu avtomobil 305 ot kuchiga ega elektr dvigateli, litiy-ionli akkumulyatorlar to‘plami va pog‘onasiz uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
11:47 / 21.01.2026
Sindzo Abeni otib o‘ldirgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi
15:57 / 20.01.2026
Yaponiya bosh vaziri muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi
22:40 / 06.01.2026
Yaponiyadagi auksionda tuna balig‘i millionlab dollarga sotildi
10:08 / 26.12.2025