Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Samarqandda Putin bilan don kelishuvini muhokama qilishni rejalashtirmoqda
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekistondagi muzokaralar chog‘ida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha kelishuvni muhokama qilish niyatida ekanligini bildirdi.
Foto: TASS
Erdo‘g‘an Anqara Rossiyadan g‘alla eksporti tez orada boshlanishini kutayotganini ta’kidladi, deb yozadi NTV.
«Biz don yetkazib berishni Rossiyadan ham boshlashni xohlaymiz. Shuni kutyapmiz. Bu yerda kechikish bor. Buni bartaraf etish uchun Samarqandda Putin bilan bu masalalarni batafsil muhokama qilamiz», dedi u Zagrebda Xorvatiya prezidenti bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida.
Avvalroq Turkiya prezidenti rossiyalik hamkasbining Ukraina portlaridan jo‘natilayotgan g‘alla Afrikaning eng muhtoj mamlakatlariga bormayotgani haqidagi gaplariga qo‘shilgandi.
Putinning Sharqiy iqtisodiy forum doirasida aytishicha, Ukraina g‘allasining muhim qismi Yevropa ittifoqiga ketyapti.
«Putinning don yo‘lagi orqali yetkazib berish qashshoq mamlakatlarga emas, asosan rivojlangan mamlakatlarga amalga oshirilayotgani haqidagi gaplari to‘g‘ridir», - deya Erdo‘g‘an Putinning so‘zlariga izoh berdi.
Ikki prezidentning uchrashuvi Samarqandda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
09:26 / 05.01.2026
Tramp RFning Putin qarorgohiga zarba berilgani haqidagi bayonotiga ishonmayapti
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
14:05 / 31.12.2025