Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy haqidagi kitobda Trampning o‘rnini kim egallashni xohlayotgani aytilgan
Maykl Vulfning «Olov va g‘azab: Trampning Oq uyida» kitobida AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli o‘zini davlat rahbari lavozimiga ehtimoliy nomzod sifatida ko‘rayotgani tilga olinadi. Bu haqda The Times of India xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Heylidan tashqari, uning nomzodi AQSh prezidenti Donald Trampga yaqin bo‘lgan ko‘plab shaxslar tomonidan ham ko‘rib chiqilmoqda. Ularning fikricha, u amaldagi davlat rahbaridan ancha tashabbuskor va aqlliroqdir.
Foto: AP
Vulfning so‘zlariga ko‘ra, Heyli «Tramp hukumat tepasida maksimum bir muddat qoladi» deb hisoblamoqda hamda davlat rahbari uchun kurashga kirishishi mumkinligini yaxshi tushunib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq WSJ Maykl Vulfning ushbu kitobiga tayangan holda Tramp sobiq maslahatchisi Ivankani «befahm g‘isht» deb atagani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020