Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi.

Toshkent shahrida 27 avgust kuni ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbari barchani, avvalo, Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Mamlakatda erishilayotgan natijalarning asosi, sa’y-harakatlarning mohiyati haqida alohida to‘xtaldi.
– Yangi O‘zbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlarimiz qanday ulkan natijalar berayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. O‘tgan sakkiz yilda yalpi ichki mahsulotimiz shiddat bilan o‘sib, 115 milliard dollarga yetdi. Bugun bitta raqamni birinchi marta aytmoqchiman: Xalqaro valuta jamg‘armasi prognoziga ko‘ra, bu yil iqtisodiyotimiz hajmi 130 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Ya’ni, ilgari bunday o‘sish, bunday yuksak e’tirof hech qachon bo‘lmagan, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari mukofotlanganlarga faxriy unvon, orden va medallarni tantanali ravishda topshirdi.






















Mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmonlari:
- fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat kabi sohalar vakillari;
- davlat xizmatchilari va turli soha xodimlari;
- harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari.
Mavzuga oid
18:31 / 28.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi harbiy paradda ishtirok etadi
17:40 / 28.08.2025
«Mana shu 30 yillikda yopiq davlat sifatida turganmiz» – muftiy O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayayotgani haqida
21:09 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev yangi barpo etilgan «Toshkent-Sharqiy» aeroportini borib ko‘rdi
20:34 / 27.08.2025