Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daewoo va Hyundai Tolimarjon IESni modernizatsiya qilishni yakunladi
Foto: Uzbekenergo.uz
Janubiy Koreyaning Daewoo va Hyundai kompaniyalaridan iborat xalqaro konsorsium Qashqadaryo viloyati Tolimarjon IESida jami quvvati 900 MVT bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini o‘rnatishni yakunlagan.
«O‘zbekenergo» AJ ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda, amalga oshirilgan investitsiya loyihasi doirasida IES elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.
2013 yil martida Daewoo va Hyundai kompaniyalari xalqaro tender natijalariga ko‘ra, «O‘zbekenergo» AJ bilan Tolimarjon IESni modernizatsiya qilish bo‘yicha 861 mln dollarlik shartnomani imzolagan edi.
Bitim shartlariga ko‘ra, konsorsium stansiyada har biri 450 MVT bo‘lgan ikkita bug‘-gaz uskunasini o‘rnatishi lozim edi. Loyiha doirasida qurilmalarni Yaponiyaning Mitsubishi Corporation korporatsiyasi yetkazib bergan.
Umumiy qiymati 1,28 mlrd dollar bo‘lgan loyiha Osiyo taraqqiyot bankining 350 mln dollar, Yaponiya xalqaro rivojlanish agentligi (JICA)ning 300 mln dollar, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondining 250 mln dollar miqdoridagi krediti va «O‘zbekenergo» AJning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirildi.
Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
10:22 / 06.01.2026
Toshkent aeroporti elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
18:02 / 05.01.2026