Jahon | 10:11 / 02.06.2018
3648
1 daqiqa o‘qiladi

Kontr-admiral Trampning ichki xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisiga aylandi

Foto: Reuters

AQSh harbiy-dengiz kuchlari kontr-admirali Duglas Firs Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning ichki xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash masalalari bo‘yicha maslahatchisiga aylandi. Bu haqda prezident maslahatchisi Jon Bolton ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

«Dag Firs ichki xavfsizlikning qator o‘ta muhim masalalari bo‘yicha deyarli o‘ttiz yillik tajribaga ega, jumladan, u terrorizmga qarshi kurash, kiberxavfsizlik va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishda katta tajriba sohibi sanaladi», - deyiladi xabarda.

Firs 30 yil davomida AQSh sohilni qo‘riqlash xizmatida ishlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar u prezidentning maxsus yordamchisi lavozimini egallagan.

Kontr-admiral bu lavozimda maslahatchi Tom Bossertni almashtirdi, u joriy yilning aprel oyida iste'foga chiqqandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2017 yilda AQSh harbiy amaliyotlari tufayli qancha odam halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid