Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yilda AQSh harbiy amaliyotlari tufayli qancha odam halok bo‘lgani ma'lum
Foto: Ahmad al-Rubaye/AFP/Getty Images
Pentagonning kongressga xabar berishicha, 2017 yilda Amerika qurolli kuchlari harbiy amaliyotlari davomida tinch aholi vakillaridan 499 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda CNN xabar qilmoqda.
«2017 yil davomida tinch aholi vakillaridan taxminan 499 nafari halok bo‘lgani va 169 nafari jarohat olgani haqida aniq ma'lumotlar bor», - deya harbiy mahkama bayonotini keltiradi telekanal.
Aniqlik kiritilishicha, gap AQShning Iroq, Suriya, Afg‘oniston va Yamandagi harbiy amaliyotlari haqida ketmoqda. Pentagon hisobotida ham aviazarbalardan, ham yer ustidagi amaliyotlar sabab qurbon bo‘lganlar hisobga olingan.
Shu bilan birga, vazirlikdan ta'kidlashlaricha, tinch aholi vakillari orasidagi qurbonlar bo‘yicha rasmiy raqam oshishi mumkin, sababi qator xabarlar hamon tekshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon Asadni ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02 / 07.02.2026