Sport | 22:44 / 14.12.2025
7243
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi

Dubayda bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik para sportchilar jami 197 ta - 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Foto: Sport vazirligi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston yosh para sportchilari jami 197ta - 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi hamda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Para pauerliftingchimiz Bahriddin Xolbo‘tayev 54 vazn toifasidagi bellashuvlarda 121 kgnatija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritish bilan birga Osiyo rekordini o‘rnatdi.

7-14 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqalarda qit’amizning 35 mamlakatidan 1500 nafarga yaqin atletlar 11 ta sport turi bo‘yicha bellashdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi para yengil atletika, para taekvondo, bochcha, para suzish, para armrestling, para pauerlifting bo‘yicha ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, 2021 yil Bahraynda o‘tkazilgan IV para Osiyo o‘yinlarida yurtdoshlarimiz umumjamoa hisobida 16 ta medal (11 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza) olib, 6-o‘rinni egallagandi.

Mavzuga oid