Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya O‘zbekistonda elektropoyezdlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘mak beradi
Foto: wikipedia
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Janubiy Koreya delegatsiyasi vakilining aytishicha, uchrashuvda o‘zaro tuzilgan loyihalarni o‘z vaqtida va to‘la bajarilishini ta'minlash masalasiga katta e'tibor qaratilgan.
"Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan O‘zbekistonda tezyurar elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish va ayni yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi Hyundai Rotem kompaniyasi bilan hamkorlik, bunday biznes doiralarining o‘rni yuzasidan fikrlashdik", deydi Son Yon Gil.
Ikki davlat vakillari O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.
Mavzuga oid
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
13:13 / 30.12.2025
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoga tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:21 / 26.12.2025