Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp 6 noyabr kuni Vashingtonda «Markaziy Osiyo – AQSh» sammitiga mezbonlik qiladi
«Markaziy Osiyo - AQSh» (C5+1) formati AQSh va Markaziy Osiyoning beshta davlati o‘rtasidagi muloqot va birgalikdagi sa’y-harakatlar uchun platformadir. Ushbu tashabbus doirasidagi muhokamalarning asosiy yo‘nalishlari xavfsizlik, iqtisodiyot va ekologiya hisoblanadi.
6 noyabr kuni Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp mezbonligida «Markaziy Osiyo - AQSh» sammiti bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston prezidenti administratsiyasidagi manba Kun.uz’ga tasdiqlashicha, unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, sammitda ishtirok etish taklifi Markaziy Osiyoning barcha davlatlari prezidentlariga, jumladan, Shavkat Mirziyoyevga ham yuborilgan.
Ta’kidlanishicha, sammitga asos solinganiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan unda AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirok etishi kutilmoqda.
Avvalroq, AQSh Kongressi a’zolari prezident Trampga «Markaziy Osiyo - AQSh» (C5+1) formatidagi sammitni o‘tkazish bo‘yicha tavsiya maktubi yo‘lladi. Unda forum Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni mustahkamlash va mintaqadagi AQSh strategik manfaatlarini ilgari surish uchun noyob imkoniyat ekani ta’kidlangan.
«Markaziy Osiyo - AQSh» (C5+1) formati AQSh va Markaziy Osiyoning beshta davlati o‘rtasidagi muloqot va birgalikdagi sa’y-harakatlar uchun platformadir. U 2015 yil noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan va 2023 yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlar uchrashuviga qadar tashqi ishlar vazirlari darajasida o‘tkazilgan.
Ushbu tashabbus doirasidagi muhokamalarning asosiy yo‘nalishlari xavfsizlik, iqtisodiyot va ekologiya hisoblanadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh TIV rahbarlarining 5+1 shaklidagi so‘nggi uchrashuvi 28 fevral kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan edi. Shunda tomonlar mintaqa mamlakatlari o‘rtasida ham, AQSh bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40