Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘lini yangi lavozimga tayinladi
Sardor Berdimuhamedov/Foto: ca-news
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Neytralnyy Turkmenistan» gazetasi 30 mart kuni xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tegishli qarorni imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sardor mamlakat parlamenti deputati etib saylangandi.
Sardor Berdimuhamedov 1981 yilda tug‘ilgan. S.A.Niyozov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jalik universitetini muhandis-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2008-2011 yillarda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Diplomatiya akademiyasida tahsil olgan va xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassislik olgan. 2011-2013 yillarda Jyenevadagi Xavfsizlik siyosati markazida o‘qigan va Yevropa hamda xalqaro xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025