Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaz yo‘q hududlardagi iste’molchilar uchun elektrga 50 foiz chegirma berilishi mumkin
Bu turdagi imtiyoz qo‘llanishi uchun gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi maishiy iste’molchilar subsidiyalanadigan narxlardagi suyultirilgan gaz, ko‘mir yoki tabiiy gazdan foydalanmayotgan bo‘lishi kerak.
Gazlashtirilmagan hududlardagi hovlilar uchun imtiyozli tariflarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
«Takliflar loyihasiga ko‘ra, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan, isitish tizimi to‘liq elektrlashtirilgan, markazlashgan isitish tizimi va tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p qavatli uylar, yotoqxonalar hamda gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi maishiy iste’molchilarga (subsidiyalanadigan narxlardagi suyultirilgan gaz, ko‘mir yoki tabiiy gazdan foydalanmagan taqdirda) oylik iste’mol hajmiga qarab:
- isitish mavsumida — 2000 kVt·soatgacha;
- isitish mavsumidan tashqari — 1000 kVt·soatgacha;
Elektr energiyasi iste’moli uchun amaldagi tariflarga nisbatan 50 foizgacha chegirma qo‘llash nazarda tutilmoqda. Takliflar idoralararo tartibda kelishilgan», deyiladi vazirlik bayonotida.
Hozirda mavjud elektr tarmoqlarining ortiqcha yuklamani qabul qilish imkoniyati bo‘yicha texnik audit davom etayotgani, shuningdek, Energetika vazirligi, IMV, O‘zenergoinspeksiya, HET AJ va HGT AJ tomonidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilayotgani qo‘shimcha qilingan.
Mavzuga oid
13:21 / 01.02.2026
Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi
19:36 / 16.01.2026
Sovuq kunlarda elektr va gaz ta’minotida cheklovlar bo‘lishi mumkin – vazirlik
22:41 / 07.01.2026
«Metan zapravkalar» faoliyatiga 8 yanvardan yana cheklovlar joriy qilindi
12:10 / 05.01.2026