O‘zbekiston | 07:16 / 04.03.2024
10024
2 daqiqa o‘qiladi

Barcha davlat idoralarida energiya menejyeri lavozimi joriy etiladi

2025 yil 1 yanvardan barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarida amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi bo‘yicha vazifalar yuklatiladi hamda energiya menejyeri lavozimi kiritiladi.

Foto: Kun.uz

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada jadallashtirish va respublikaning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

2025 yil 1 yanvardan barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarida amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi bo‘yicha vazifalar yuklatiladi hamda energiya menejyeri (Energy Efficiency Manager) lavozimi kiritiladi.

Rahbariyat uchun energiya resurslarini tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni joriy etish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar (KPI) joriy etiladi.

Energetika vazirligi markaziy apparatida umumiy shtatlar soni doirasida barcha tashkilot va korxonalarda energiya resurslari iste’molining tahlilini o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy bo‘linma hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi, Energetika vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Hududiy boshqarma 1 nafar rahbar, elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha 1 nafar mutaxassis, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha 1 nafar mutaxassis, mahalliy va import ko‘mir ta’minoti bo‘yicha 1 nafar mutaxassis hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samaradorligi bo‘yicha 1 nafar mutaxassis xodimdan iborat bo‘ladi.

Mavzuga oid