Jamiyat | 19:00 / 07.10.2024
5446
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xon Saroy'dan navbatdagi loyiha – “Ocean” turar joy majmuasi taqdim etildi

Xon Saroy qurilish kompaniyasi o‘zining navbatdagi “Ocean” loyihasi asosida qurilgan turar joy majmuasini o‘z egalariga topshirdi.

O‘zbekistonda qurilish sohasidagi yetakchilardan biriga aylangan kompaniyaning asosiy maqsadi — yuqori standartlarga javob beruvchi zamonaviy binolarni barpo qilish. Yangi “Ocean” loyihasi ham muvaffaqiyatli yakunlandi.

5 oktyabr kuni xonadon egalari, shou-biznes vakillari va kompaniya mutasaddilari ishtirokida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrining Yunusobod tumani 16-mavze ro‘parasida joylashgan “Ocean” loyihasi, 8 ta blokdan va 8 ta kirish qismidan iborat bo‘lib, zamonaviy arxitektura va qulayliklarni o‘z ichiga oladi. Binolar fasadi noan’anaviy hi tech uslubida qurilgan bo‘lib, har bir xonadonga ochiq terassalar bonus sifatida taqdim etilgan. Loyiha hududida:

- Xavfsiz bolalar maydonchasi

- Eko-hudud

- Tijoriy maydonlar

- Yerosti avtoturargohlar

kabi qulayliklar mavjud bo‘lib, ular har bir xonadon egasining hayotini yanada qulaylashtiradi.

Xon Saroy Afsonasi” loyihasi

Ochilish marosimi doirasida kompaniya o‘zining yana bir “Xon Saroy Afsonasi” loyihasi taqdimotini o‘tkazdi. Yangi majmua poytaxtning Yashnobod tumanida qurilishi rejalashtirilgan. Bu majmua ham kompaniyaning boshqa loyihalari kabi yuqori standartlar asosida quriladi. Unda 16 qavatli 8 blokdan iborat binolarda 1216 ta xonadon barpo etiladi.

Loyihaning bezaklari, yashil hududlari, bolalar maydonlari va sport maydonlari oilaviy hayot uchun qulay muhitni ta’minlaydi. Shuningdek, yer usti va yer osti avtoturargohlari, kafe va do‘konlar bilan jihozlangan hudud aholining qulay hayot kechirishini ta’minlaydi.

Xon Saroy kompaniyasi nafaqat zamonaviy binolar qurishda, balki sport va madaniyatni rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Bu kompaniya o‘zining zamonaviy loyihalari bilan Toshkent arxitekturasidagi yangi sahifalarni yozmoqda.

Reklama

Mavzuga oid