Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Lamborghini Gallardo kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Andijon viloyati Sud departamenti boshlang‘ich bahosi 615 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan Lamborghini Gallardo sportkarini kimoshdi savdosiga qo‘ydi.
Sud qarorlarini ijro etish departamenti saytiga qo‘yilgan ma'lumotlarga ko‘ra, ochiq kimoshdi savdosi shu yil 22 sentabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan. 2004 yilda ishlab chiqarilgan mashina yaxshi holatda ekani ta'kidlangan.
Shu bilan birga, savdoga qo‘yilgan avtomobillarning kelib chiqishi xususida batafsil ma'lumot keltirilmagan.
Lamborghini Gallardo – 2003-2013 yillarda ishlab chiqarilgan sportkar bo‘lib, Lamborghini kompaniyasi ishlab chiqqan modellar orasida eng keng tarqalgani hisoblanadi. 11 yil mobaynida mashinadan 14 mingdan ortiq nusxa ishlab chiqilgan. Uning eng arzon to‘plami 160 ming dollarga baholangan.






Suratlar: koss.uz
Mavzuga oid
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025
Andijon va Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:25 / 11.12.2025