Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 yoshli qizini urgan fuqaro otalik huquqidan mahrum etilgan
4 yoshli qizini urgan ota allaqachon o‘z qilmishi bo‘yicha sudda javob bergan va otalik huquqidan mahrum etilgan. Aslida uning qizini urgani bilan bog‘liq voqea shu yilning aprel oylarida bo‘lib o‘tgan. Toshkent shahar prokuraturasi rasmiy vakili Bobir Dehqonov matbuot brifingida shu haqda ma'lum qildi.
“Fuqaro G.S. Chilonzor tuman prokuraturasiga murojaat qilgan. U arizasida turmush o‘rtog‘i A.X. farzandlariga nisbatan o‘ta shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgani, doimiy qiynab, tahqirlab kelganligi, qizlarining yuz va tanasining boshqa qismlariga urib, tan jarohati yetkazib berganligi bo‘yicha ariza bergan. Shu murojaat yuzasidan olib borilgan tergovoldi tekshiruv ishlari natijasiga ko‘ra, joriy yilning 30 oktabrida JKning 110-moddasi 2-qismi “a” hamda “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov jarayonida jinoyat ishi psixologlar, boshqa mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilgan va holat tasdiqlangani sababli, A.X.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bundan tashqari, u foydalanib kelgan uyali telefondagi ma'lumotlar bo‘yicha ekspertiza tayinlangan.
Shuningdek, jinoyat ishi bo‘yicha jabrlanuvchi Nuraliyevaning ruhiy va boshqa holatlarini kompleks o‘rganish maqsadida sayyor sud-tibbiy, psixologik ekspertiza o‘tkazilgan. Bundan tashqari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2017 yil 19 oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan Nuraliyev va Nuraliyeva onasi qaramog‘iga olib berilgan.
Video: Ota 4 yoshli qizchasini yolvorishlariga qaramasdan kaltakladi. Endi u jazolanadi

31 oktabr kuni Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan o‘z farzandlariga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgani, jismoniy kuch ishlatib, ularga ruhiy ta'sir ko‘rsatganligi, o‘z bolalarining hayoti, sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlarni qasddan sodir etganligi sababli A.X.ni otalik huquqidan mahrum etish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga da'vo arizasini kiritgan. Bugungi kunga kelib, bu da'vo qanoatlantirilgan va A.X. otalik huquqidan mahrum etilgan. Ayni vaqtda bu ish bo‘yicha qo‘shimcha tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, - dedi Bobir Dehqonov.
Mavzuga oid
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026
Toshkent va Qashqadaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 05.02.2026