Jahon | 21:14 / 06.05.2022
10843
1 daqiqa o‘qiladi

Kuba poytaxti markazidagi mehmonxonada kuchli portlash sodir bo‘ldi

Portlash oqibatida mehmonxonaning bir qismi vayron bo‘lgan, yaqin-atrofdagi avtomobillarga shikast yetgan.

Foto: Composición CPEM

Kuba poytaxti Havana shahridagi «Saratoga» mehmonxonasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Prensa Latina xabar berdi.

Portlash sababi hozircha aniq emas. Taxminlarga ko‘ra, portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

Portlash oqibatida mehmonxonaning bir qismi vayron bo‘lgan, yaqin-atrofdagi avtomobillarga shikast yetgan.

«Saratoga» mehmonxonasi Kuba hukumati binosi qarshisida joylashgan.

Mehmonxona 1880 yilda qurilgan va 2005 yilda rekonstruksiya qilingan.

Mavzuga oid