Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritiladi
Foto: Depositphotos
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi 223-I-sonli Qonuniga quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi mumkin:
84-moddaning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashi ushbu bitim bo‘yicha qaror qabul qilganidan keyin jamiyatning ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan mol-mulkning bozor bahosini hisobga olgan holda mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti shartlari asosida majburiy tartibda o‘rganish o‘tkazish orqali qabul qilinadi.”.
88-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Jamiyatning kuzatuv kengashi affillangan shaxs bilan tuziladigan bitim to‘g‘risidagi axborotni o‘rganadi va affillangan shaxsning yozma bildirishi jamiyatga kelib tushgan sanadan e'tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay bitim bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda, jamiyatning affillangan shaxsi bilan bitimlar tuzish to‘g‘risidagi qarori jamiyatning sof aktivlari miqdorining o‘n yoki undan ortiq foizini tashkil etsa, u holda bunday qaror O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan mol-mulkning bozor qiymatini hisobga olgan holda aniqlangan mustaqil tashqi auditorlik tashkiloti shartlari asosida majburiy tartibda o‘rganish o‘tkazish orqali qabul qilinadi.”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlari ushbu qonunga muvofiqlashtiradi;
davlat organlari tomonidan ushbu qonunga zid bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilishni ta'minlaydi;
ijrosini ta'minlash, ijrochilarga axborot berish va aholi o‘rtasida ushbu qonunning mohiyati va ahamiyati tushuntiradi.
Mavzuga oid
19:07
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025