O‘zbekiston | 12:45 / 08.03.2018
25773
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat maktabgacha ta'lim tizimining ba'zi xodimlari endi 100 foiz ustama oladi

Foto: KUN.UZ

Hukumat qarori bilan Davlat maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Xususan, kiritilgan o‘zgartirishga asosan endilikda, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida, tarbiyachi yordamchilarga esa 50 foiz miqdorda qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.

Mavzuga oid