Jamiyat | 20:51 / 07.07.2025
12735
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 9 yoshli ikki bola fermer xo‘jaligi hovuziga cho‘kib ketdi

Oltinko‘l tumanida yashagan bolalar tomchilab sug‘orish tizimi uchun qazilgan hovuzga cho‘milish uchun borgan. Oqibatda ular cho‘kib ketib, hodisa joyida vafot etgan.

Illyustrativ foto

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida voyaga yetmagan ikki bola fermer xo‘jaligiga qarashli hovuzga cho‘kib ketdi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Oltinko‘l tumani «Ors» MFYda yashagan A.U. hamda «Suvyulduz» MFYda istiqomat qilib kelgan M.M. 5 iyul kuni soat 14:00 larda tumanning Turkiston massivida joylashgan «Jaloliddin oltin tolasi» fermer xo‘jaligiga qarashli tomchilab sug‘orish tizimi uchun qazilgan hovuzga cho‘milish uchun borgan. Oqibatda 2016 yilda tug‘ilgan bolalar suvga cho‘kib, hodisa joyida vafot etgan.

Bolalarning har ikkalasi Oltinko‘l tumanidagi 17-sonli maktabning 2-sinf bitiruvchisi bo‘lgan.

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 14 yoshli yigit kanalga cho‘kib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid