Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyalik 7 yoshli bola poni olish uchun 2 yil davomida limonad sotdi
Foto Brasil Hipismo
Yetti yashar bolakayning oilasi uy sharoitida xonaki limonad tayyorlar, kichik Sebastyan esa uni ko‘chalarda butilkasini 20 sentdan sotardi. Shahar aholisi bolakayning asl maqsadini bilgach, uning oilasini mahalliy bayramlarga sharbat sotishga chaqirishni boshladi.
Bundan tashqari, fermerlar Sebastyanning oilasiga sharbat tayyorlash uchun bepul limonlar taqdim eta boshlashdi. Ayrim xaridorlar esa undan 20 sent emas, 100 dollar berib limonad xarid qilishdi.
Yakunda 2 yil ichida bolakay 3 ming Avstraliya dollarini yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.
11 oktabr kuni Sebastyanning ota-onasi unga Tom laqabli poni sovg‘a qilishdi. Bolaning onasi Juliana Kent farzandining poni bilan ilk uchrashuvini videoga muhrlagan.
Mavzuga oid
18:29 / 17.12.2025
Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025
Avstraliya bosh vaziri qurol bo‘yicha qonunlarni qat’iylashtirmoqchi
11:29 / 15.12.2025