Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent YHXB saylgohlar hamda bog‘larga tashrif buyurishda jamoat transportidan foydalanishni so‘radi
Bugun, 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan hududlardagi istirohat bog‘lari, ko‘ngilochar maydonlar atrofidagi yo‘llarda transport vositalarining tirbandligi kuzatilmoqda.
Foto: YHXB
Toshkent shahar IIBB YHXB harakat xavfsizligini ishonchli ta’minlash, tirbandliklar oldini olish maqsadida fuqarolardan saylgohlar hamda bog‘larga tashrif buyurishda imkon qadar jamoat transportidan foydalanishni, shaxsiy transport vositasini atrofdagilarga xalaqit beradigan joylarda, yo‘l harakati qoidalariga zid ravishda to‘xtatmaslikni va qoldirib ketmaslikni so‘radi.
Yo‘llarda, tadbirlar bo‘lib o‘tayotgan saylgohlar atrofida harakat xavfsizligini ta’minlash uchun YPX xodimlari xizmatga jalb etilgan.
“Asosiy maqsadimiz, bugungi bayram tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda va xavfsiz o‘tishini ta’minlashdir!” - deyiladi YHXB xabarida.
Mavzuga oid
10:18 / 19.01.2026
YHXB “raqamsiz Malibu” haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berdi
20:49 / 02.01.2026
Amirsoy va Bildirsoyga olib boruvchi yo‘lda bir tomonlama harakat tashkil etildi
14:14 / 18.10.2025
Farg‘onada 2 ta mashina to‘qnashdi, ulardan biri piyodani ham urib yubordi
23:20 / 28.09.2025