Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalla ahlining 10 foizi rozi bo‘lsa, mahalla hududidagi daraxtzorni sotishga taqiq qo‘yiladi
Prezident qaroriga asosan, 2026 yil 1 apreldan e’tiboran faol jamoatchilik qo‘lida yangi instrument paydo bo‘ladi. Shu sanadan e’tiboran, mahalla ahlining kamida 10 foizi rozilik bildirgan taqdirda, mahalla hududidagi daraxtli yer maydonini olib qo‘yish va boshqa maqsadlar uchun ajratishga taqiq kiritiladi. Bu taqiq kadastr bazasida ham aks etadi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda jamoatchilikning daraxtlar kesilishiga qarshi kurashdagi vakolati kengayadi. Bu – 18 noyabr kuni imzolangan prezident qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan boshlab, o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt bilan qoplangan aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari) yer maydonlarini olib qo‘yish va boshqa maqsadlar uchun ajratishga jamoatchilik tomonidan taqiq qo‘yish bo‘yicha tashabbus kiritish imkoni yaratiladi.
Bunda:
- fuqaro davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi;
- daraxt bilan qoplangan yer maydoni joylashgan mahalla aholisining 10 foizidan kam bo‘lmagan qismi taqiq qo‘yishga rozilik bildirgan taqdirda, ushbu maydonni olib qo‘yish va boshqa maqsadlar uchun ajratishga Ekologiya qo‘mitasi tomonidan taqiq qo‘yiladi;
- Kadastr agentligi tegishli yer maydoni xususiy mulk hisoblanmasligi yoki boshqa yer toifasiga kirmasligini o‘rganib, ijobiy hollarda Ekologiya qo‘mitasi tomonidan ushbu maydonga qo‘yilgan taqiqni ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Shuningdek, fuqarolarga “Soliq” mobil ilovasi orqali jismoniy shaxslarga QR-kodli xarid cheklari va respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlar uchun beriladigan keshbekni ixtiyoriy ravishda daraxt ko‘chatlarini ekishga yo‘naltirish imkoniyati yaratiladi.
Yuridik shaxslar esa Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Yashil xayriya jamg‘armasiga ixtiyoriy xayriya mablag‘larini o‘tkazganda hamda yashil bog‘larni barpo qilish va ularni parvarishlash uchun xarajat qilganda, bu xarajatlari foyda solig‘idan ozod qilinadi. Tegishli qonun loyihasi bir oy muddatda tayyor bo‘lishi kerak.
Qaror bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga 2026 yil 1 noyabrgacha 2 tadan mahalliy ahamiyatga ega tabiat bog‘larini tashkil etish vazifasi yuklatildi.
Mavzuga oid
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
09:34 / 04.12.2025
Toshkentda yo‘llarni ifloslagan yuk mashinalari bo‘yicha reydlar kuchaytirildi
22:57 / 03.12.2025
Ekologiya – nihoyat siyosiy muammoga aylanyaptimi?
20:28 / 03.12.2025