O‘zbekiston | 07:57 / 04.10.2018
8548
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat boshqaruvi akademiyasi hududiy filiallarida barcha tuman va shaharlar hokim o‘rinbosarlari malaka oshiradi

Foto: trest12.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil b avrystdagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2018–2019 o‘quv yilida mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, shuningdek, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar boshqaruv kadrlarining malaka oshirish jadvali tasdiqlandi.

Akademiya Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda har yili sentabr oyidan boshlab hududiy filiallarda zamonaviy ta'lim texnologiyalarini tatbiq etgan holda yuqori saviyada mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari hamda boshqa davlat tashkilotlari boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etilishini ta'minlaydi. 

Malaka oshirish kurslari tinglovchilari Akademiyaning Axborot-resurs markazi elektron adabiyotlar fondidan bepul foydalanadi.

Bundan tashqari, ish joyidan ajralgan holda malaka oshirish kurslari va o‘quv-amaliy seminarlarga yuboriladigan tinglovchilarga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sutkalik va transport xarajatlar qoplanadi.

Yanvar va fevral oylarida respublikaning barcha tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari malaka oshiradi.

Xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik sub'yektlarining buyurtmalari ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil qilinadi.

Mavzuga oid