Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident g‘alla yetishtirish va sotishda bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida qaror imzoladi
Foto: Kun.uz
Prezident “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining g‘alla yetishtirish va sotishdagi investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berildi:
- ichki bozorni g‘alla doni bilan kafolatli ta'minlash maqsadida 2022 yildan boshlab respublika hududida ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlarini xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan yer-suv sharoitlaridan kelib chiqqan holda mustaqil joylashtirish;
- 2022 – 2024 yillarda g‘allachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari yetishtirgan hosilning g‘alla ekilgan har gektar sug‘oriladigan maydon hisobidan respublika bo‘yicha o‘rtacha 2,5 tonnadan bug‘doyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida erkin sotish;
- Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kredit resurslari hisobidan g‘alla yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun imtiyozli kreditlarni g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari va g‘allachilik klasterlariga ajratish;
- g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari va g‘allachilik klasterlariga kredit mablag‘laridan erkin foydalanish, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi texnikalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilish huquqini berish.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda kalendar yilning 1 avgustiga qadar bug‘doyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narxi ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilinishini ta'minlaydi.
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 2022 yil 1 yanvarga qadar jamg‘arma tomonidan ichki bozorda narx barqarorligini ta'minlash uchun birja savdolaridan bug‘doy sotib olish va uni birjada sotish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Bunda:
- jamg‘arma nomidan birja savdolarida bug‘doy sotib oluvchi tijorat vakilini belgilash va tanlab olishning aniq va shaffof mezonlari;
- tijorat vakili tanlovida “O‘zdonmahsulot” AK tizimi korxonalari bilan bir qatorda hududlarda donni qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanayotgan boshqa tadbirkorlik sub'yektlariga teng sharoit yaratilishi;
- tijorat vakili jamg‘arma nomidan xarid qilingan bug‘doy uchun o‘zining butun mol-mulki bilan javobgar ekanligi;
- tijorat vakili jamg‘arma topshirig‘iga asosan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tgan g‘allachilik klasterlari va fermerlardan birja orqali bug‘doy sotib olishi;
- tijorat vakilining bug‘doyni xarid qilish, saqlash, tabiiy kamayish, ortish, tashish va davlat zaxirasini yangilash bo‘yicha xarajatlarini qoplab berish;
- ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta'minlash uchun xarid qilingan bug‘doyning jamg‘arma tomonidan birja savdolariga chiqarilishi;
- narxlarni saqlab turish maqsadida bug‘doyni sotishdan olingan ijobiy va salbiy farqlarni qoplash tartibi ko‘zda tutiladi.
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025