Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtobusda voyaga yetmagan bolaga tegajog‘lik qilgan shaxsga nisbatan tergovga qadar tekshiruv boshlandi
4 fevral kuni Toshkent shahrida avtobusda 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro mast holda bo‘lib, 2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolaga jinsiy tegajog‘lik va bolaning sha’niga zid boshqa noqonuniy harakatlar qilgan.
Foto: Bolalar ombudsmani
Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusda yosh bolaga tegajog‘lik qilingani to‘g‘risida video tarqaldi. Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 4 fevral kuni Toshkent shahridagi yo‘lovchi tashuvchi avtobusda fuqaro X.G‘ (1988 yilda tug‘ilgan erkak) mast holda bo‘lib, voyaga yetmagan U.I (2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)ga jinsiy tegajog‘lik va bolaning sha’niga zid boshqa noqonuniy harakatlar qilgan.
Hozirda bolaga nisbatan sodir etilgan bunday zo‘ravonlik holati bo‘yicha Chilonzor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani xabariga ko‘ra, holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Mavzuga oid
12:25
Avtobusda yosh bolaga jinsiy tegajog‘lik qilgan pedofil 6 yilga qamaldi
14:36 / 18.02.2026
Sergelida Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi
19:09 / 16.02.2026
Toshkentda bir oyda avtobusda chiptasiz yurgan 11,5 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
15:06 / 14.02.2026