Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Yil talabasi» tanlovi joriy etiladi
Ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, talabalar o‘rtasida «Yil talabasi» tanlovi joriy etiladi va uning har yili o‘tkazib borilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Birinchi bo‘lib «Yil talabasi» tanlovini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi shakllantiriladi. So‘ng «Yil talabasi» tanlovining nizomi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Shuningdek, tanlov oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazib boriladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma'naviyat
va ma'rifat markazi bu borada mas'ul etib belgilandi.
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025