Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qonunchilik palatasi Qozog‘iston va Turkmaniston bilan shartnomani tasdiqladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi «O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida uch davlatning Davlat chegaralari tutashgan nuqtasi hududi to‘g‘risidagi Shartnomani (Samarqand, 2017 yil 10 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun loyihasini qabul qildi.
Shartnomada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonning davlat chegaralari tutashgan nuqtasining hududi joylashgan yer hamda tutashgan nuqta hududidagi davlat chegaralari liniyalari o‘tadigan joy belgilab qo‘yilgan, shuningdek tegishli tavsif tuzilgan.
Shartnoma 2017 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdurahmonov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov tomonidan imzolangan.
Tomonlar hujjatni «Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik» xalqaro konferensiyasi doirasida imzoladilar.
Mavzuga oid
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025