Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston harbiy prokurori endi prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi
Endi O‘zbekiston harbiy prokurori bosh prokuror taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Foto: Kun.uz
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra:
viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, O‘zbekiston Respublikasi transport prokurori bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori bosh prokuror taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Avval bu vakolat bosh prokurorda edi.
Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash, prokuratura organlari va muassasalari xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi ushbu qonunda, prezident tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025
Mahalliy kengash va hokimlar faoliyatiga xos bo‘lmagan 8 ta vazifa bekor qilinadi
10:15 / 08.12.2025
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni rasmiylashtirish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
19:56 / 07.12.2025