Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda 12 nafar Instagram blogeri «G‘arb xayosizligi targ‘iboti»da ayblanib qamaldi
Intagram-model Elxam Arab
Eronda sakkiz nafar ayol va to‘rt erkak Instagram’dagi o‘z sahifasida «fohishalik va G‘arbning xayosizligini targ‘ib etgani» uchun 5 oydan 6 yilgacha qamoq jazosini oldi. Bu Daily Mail nashri yozmoqda.
Modellar G‘arb hayotini internetda yoyish ayblovini olishgan. Fotosuratlarda qizlar diniy kiyimlar bo‘lmish hijob va ro‘mollarsiz, yigitlar esa moda va go‘zallik saloni namoyishlarini ko‘rsatgan holda tushishgan.
Sud ayblanuvchilarning ismini oshkor etmagan, ammo aniq bo‘lishicha, ular jazo muddatidan so‘ng ikki yil davomida mamlakatdan tashqariga chiqa olishmaydi. Ular, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlar yurgizish va kelajakda faoliyatlarini davom ettirishdan ham mahrum qilinganlar. Sudlanuvchilarning advokati so‘zlariga ko‘ra, ular hukmdan norozi va sudga appelyatsiya kiritishadi.
Mavzuga oid
09:35
YeI aviaregulyatori aviakompaniyalarni Eron ustida uchmaslikka chaqirdi
16:57 / 16.01.2026
“AQShning Eronga dushmanligi eng avj nuqtasiga chiqdi” – Eronning O‘zbekistondagi elchisi bilan suhbat
14:41 / 16.01.2026
OAV: AQSh aviatashuvchi guruhini Yaqin Sharqqa yo‘naltirdi
09:09 / 16.01.2026