Jahon | 21:35 / 09.10.2024
14321
2 daqiqa o‘qiladi

Sahroyi Kabirda kuchli yog‘ingarchilik - fotosuratlar

Marokash Meteorologiya bosh boshqarmasi xodimining ma’lum qilishicha, 30-50 yildan beri qisqa muddat ichida bunchalik ko‘p yog‘in kuzatilmagan.

Marokash sharqidagi Merzuga qishlog‘i. Foto: AP / Scanpix / LETA

Associated Press agentligi Marokash janubi-sharqidagi Sahroi Kabir cho‘lida kuzatilgan kuchli yomg‘irdan keyingi suratlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, dunyoning eng qurg‘oqchil joylaridan birida ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘gan. Marokash hukumatining hisob-kitoblariga ko‘ra, sentabr oyida bir nechta tuman, jumladan, Tata shahriga ikki kunda o‘rtacha bir yilda kuzatiladigan yomg‘ir yog‘gan (o‘rtacha yillik ko‘rsatkich — 250 millimetrdan kam).

 

Marokash poytaxti Rabotdan 450 kilometr janubda joylashgan Tagunite qishlog‘ida bir sutkada 100 millimetrdan ortiq yog‘in kuzatilgan. Mamlakat Meteorologiya bosh boshqarmasi xodimi Xussin Yuabebning ma’lum qilishicha, 30-50 yildan beri qisqa muddat ichida bunchalik ko‘p yomg‘ir yog‘magan.

Agentlik suhbatdoshining aytishicha, ushbu siklon tufayli yaqin oy va yillarda mintaqada ob-havo o‘zgarishi mumkin — havodagi namlik hisobiga bug‘lanish ortadi, bu esa yangi yog‘ingarchilikni keltirib chiqaradi. Ta’kidlanishicha, Marokash va Jazoirda sentabr oyi boshida 20 dan ortiq kishi yog‘ingarchilik qurboniga aylangan.

Merzuga qishlog‘i yaqinida kuchli yomg‘ir tufayli kichik ko‘l yuzaga kelgan, 2024 yil 2 oktyabr. Merzuga sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan qumli Erg-Shebbi massivi yonida joylashgan
AP / Scanpix / LETA
AP / Scanpix / LETA
AP / Scanpix / LETA
AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid