Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel migratsiya siyosatidagi xatolarini tan oldi
Foto: REUTERS
Germaniya kansleri Angela Merkelning tan olishicha, migratsiya siyosatida xatoliklarga yo‘l qo‘ygan. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
16 noyabr, juma kuni, siyosatchi Xemnits shahri aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi, bu yerda avgust oyining oxirida Germaniya fuqarosi o‘ldirilgandi. Ta'kidlanishicha, qochqinlar mahalliy aholi vakilini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda. Shaharda ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi, o‘ng radikallar xorijliklarga bir necha marotaba hujum uyushtirishdi.
Merkelning tan olishicha, Xemnitsda «dahshatli qotillik sodir bo‘ldi, u odamlarni larzaga soldi». Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya hukumati dunyoning ko‘plab davlatlari va mintaqalarini «xavfsiz» deb tan olmay, xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu, qayd etilishicha, qochqinlar oqimini qisqartirishga yordam berardi.
Ta'kidlanishicha, Merkelning safari paytida shaharda u tomonidan olib borilayotgan siyosatga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyada iqtisodiyot uch yil ichida birinchi marta qisqargani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:20 / 15.01.2026
Rossiyada ba’zi migrantlar «qimmatlagani» e’lon qilindi
18:30 / 15.01.2026
TIV nota berish bilangina cheklanib qolmoqda – prezident xorijdagi fuqarolar huquqlari buzilishi haqida
20:27 / 14.01.2026
AQSh 75 mamlakat fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatadi
14:54 / 08.01.2026